AQShda burgerlarni robotlar tayyorlaydigan kafe ochildi
Kaliforniyada BurgerBots restorani ochildi. U yerdagi robotlar 27 soniya ichida burger tayyorlashga qodir.

Foto: BurgerBots
AQShning Kaliforniya shtatida burgerlar to‘liq robotlar tomonidan tayyorlanadigan BurgerBots restorani ochildi, deb xabar beradi ABB Robotics.
Qayd etilishiga, restoranda IRB 360 FlexPickers va YuMi cobots robotlar tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, ular 27 soniya ichida burger tayyorlashga qodir. Mashinalar kun davomida kotletlar, sous, salat, pishloq va boshqa masalliqlar bir xil tartibda joylashtirilgan shu kabi yuzlab taomlarni tayyorlay oladi.
Shu bilan birga, restoranda parallel ravishda to‘liq shtatda xodimlar ham faoliyat yuritadi. Ayni vaqtda robotlar monoton vazifalarni bajarmoqda: go‘sht maydalash va kotlet qovurishdan tortib, tayyor burgerlarni patnisga uzatishgacha. Shundan so‘ng, ofitsantlar tayyor buyurtmalarni olib ketib, mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.
«Texnologiyamiz restoran biznesiga sanoat darajasidagi sifat va barqarorlikni olib kiradi. Robotlar xodimlarni oddiy, takroriy vazifalardan ozod qilib, mehmonlarda yoqimli taassurot qoldirishga e’tibor qaratish imkonini beradi», — deydi ABB Robotics prezidenti Mark Segura.
Avvalroq yaponiyalik ishlab chiqaruvchilar keksalar uchun turli murakkablikdagi parvarish vazifalarini bajara oluvchi robotni taqdim etgandi. 150 kilogrammli humanoid robot bemorlarning tagliklarni almashtirish, yotoq yarasining oldini olish uchun ularni ag‘darib turish, ularga o‘tirishga yordam berish, paypoq kiydirish, tuxum qovurish, kiyimlarni taxlash va boshqa maishiy yumushlarni bajara oladi.
Mavzuga oid

14:23
AQSh 2025 yil oxirigacha Yevropadan qo‘shinlarini olib chiqishni muhokama qiladi

13:56
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV

11:04
Sud Trampning migrantlarni chiqarib yuborish rejasini rad etdi

10:11