Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
Yangi kelishuv doirasida Tartus porti terminali va logistika xizmatlarini rivojlantirishga 800 mln dollar investitsiya kiritiladi.

Foto: AP
Suriya portlar boshqarmasi dunyodagi eng yirik portlar operatorlaridan biri — DP World (BAA) bilan memorandum imzoladi. Uning doirasida Tartus porti terminali va logistika xizmatlarini rivojlantirishga 800 million dollar investitsiya kiritiladi. Bu haqda Suriya televideniyesi xabarida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Suriya va BAA kompaniyasi maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etish, terminallar va respublika mintaqalarida tranzit tugunlarini qurish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib oldi.
Yangi shartnoma Suriya hukumati Rossiya bilan birgalikda portni boshqarish bo‘yicha tuzilgan kelishuvni bekor qilganidan so‘ng imzolangan. Yanvar oyida Suriyaning Al Watan gazetasi Tartus bojxonasi direktoriga tayanib mamlakatning yangi hukumati 2019 yilda tuzilgan va 49 yilga mo‘ljallangan dengiz portini boshqarish bo‘yicha kelishuvni bekor qilgani haqida yozgandi. Bojxona direktori Riyod Jodining aytishicha, port qonunlar, yuqori port to‘lovlari va texnik muammolar tufayli deyarli faoliyat ko‘rsatmagan.
Damashq 2019 yilda tuzilgan, portning fuqarolik qismini qamrab olgan kelishuvni bekor qilgan. Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalari ustidan nazorati masalasi haqida hozircha gap ketmayapti. Kelishuv bekor qilingandan keyin Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Suriyaning yangi rahbariyati bilan barcha dolzarb masalalar bo‘yicha aloqalarni davom ettirayotganini aytgandi.
Bu portni boshqarishga oid birinchi kelishuv emas. 1 may kuni Suriya hukumati Fransiyaning logistika operatori — CMA CGM bilan Latakiya portini boshqarish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Ushbu bitim 4 yil davomida 230 million yevro miqdoridagi investitsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid

11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi

16:27 / 15.05.2025
AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqda. Bu nima uchun muhim?

23:45 / 13.05.2025
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi

03:00 / 08.05.2025