O‘zbekiston BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga nomzod bo‘ldi
O‘zbekiston o‘z nomzodini 2025-2027 yillar uchun BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga ilgari surdi.

Foto: Dunyo
Mazkur nufuzli lavozimga O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘z nomzodini ilgari surmoqda.
BMT Turizm Yevropa komissiyasi tarkibiga Yevropa, Markaziy va G‘arbiy Osiyoning 41 ta davlati kiradi. Komissiya Yevropa mintaqasidagi turizm siyosatini shakllantirish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda barqaror va inklyuziv turizmni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Mazkur komissiyaning 71-yig‘ilishi 2025 yil 4-6 iyun kunlari Ozarboyjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur yig‘ilish davomida 2025-2027 yillarda BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisi saylovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur lavozimni egallash orqali O‘zbekiston Markaziy Osiyoni yagona turizm makoni sifatida targ‘ib qilish, transchegaraviy marshrutlarni rivojlantirish, raqamli yechimlarni keng joriy etish, shuningdek, BMT Turizm tashkiloti doirasida mintaqaviy muloqotni kuchaytirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

14:23
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi

23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda

07:29 / 14.05.2025
BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi

23:08 / 06.05.2025