Jahon | 09:00
2680
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya va Yevropaning uch davlati yetakchilari Tramp bilan Ukrainani muhokama qildi

Donald Trampning Vladimir Putin bilan suhbatidan oldin Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya davlat va hukumat rahbarlari AQSh prezidenti bilan suhbatda Rossiyaga qarshi sanksiyalar muhimligini ta’kidladilar.

Foto: Kevin Lamarque/REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida kutilayotgan suhbat oldidan Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya davlat va hukumat rahbarlari 18 may, yakshanba kuni kechqurun Amerika yetakchisi bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishdi.

«Germaniya kansleri Fridrix Mers yakshanba kuni kechqurun (18 may) AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya davlat va hukumat rahbarlari bilan Ukrainadagi vaziyat hamda AQSh va Rossiya prezidentlari o‘rtasida bo‘lajak telefon suhbatini muhokama qildi. Fikr almashish Tramp va Putin o‘rtasidagi dushanbaga rejalashtirilgan suhbatdan so‘ng darhol davom etadi», — deya yozdi nemis rasmiysi Shtefanus Kornelius matbuot uchun bayonotda.

O‘z navbatida, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning aniqlik kiritishicha, Yevropa yetakchilari va AQSh prezidenti o‘rtasidagi suhbatda asosiy e’tibor «Ukrainadagi vaziyat va urushning har ikki tomon uchun halokatli bahosi» haqida bo‘lgan.

Matbuot kotibi ta’kidlaganidek, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini olib borish uchun jiddiy sa’y-harakatlar qilmasa, boshqa narsalar qatorida sanksiyalar qo‘llanishi muhokama qilindi.

O‘z navbatida, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘zining X mikroblogida Yevropaning to‘rt yetakchisi va Donald Tramp o‘rtasidagi suhbatdan so‘ng quyidagilarni yozdi: «Ertaga prezident Putin prezident Tramp taklif qilgan va Ukraina va Yevropa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan 30 kunlik sharsiz o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini qabul qilib, tinchlikni xohlashini ko‘rsatishi kerak».

Mavzuga oid