O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika hamda suv xo‘jaligi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
Poytaxtda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv-energetika tizimi mutasaddilarining navbatdagi ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Energetika vazirligi
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, unda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjyenov, Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov, Qirg‘iziston energetika vaziri Talaybek Ibrayev va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatlar suv-energetika tizimining yoz mavsumida ham barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tarmoqlar ish rejimlarining grafiklari kelishildi.
Bundan tashqari. tomonlar o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, "Qambarota GES-1" qurilishi loyihasining hozirgi holati va suv-energetika balansini muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi hamda yaqin kunlarda kelgusi tadbirlarni muvofiqlashtirilgan tarzda o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

17:45 / 19.05.2025
Qozog‘istonga Markaziy Osiyodagi eng kuchli superkompyuter keltirildi

16:49 / 19.05.2025
FlyArystan Atirau va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi

16:09 / 19.05.2025
Qozog‘iston - O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti yana 4 oyga yopildi

12:16 / 17.05.2025