O‘zbekiston | 19:00 / 20.05.2025
2224
5 daqiqa o‘qiladi

Infinix'ning Note 50 seriyasi: zamonaviy dizayn, yuqori tezlik va aqlli funksiyalar birlashmasi

Yosh va faol avlod uchun mo‘ljallangan zamonaviy texnologik brend - Infinix uzoq kutilgan Note 50 smartfonlar seriyasini rasman taqdim etdi. «Chinakam flagman qanday bo‘lishi kerak?» degan savolga yangi yondashuv taklif qiluvchi bu seriyaga bir nechta model kiradi, ularning eng asosiylari - Note 50 va Note 50 Pro hozirda O‘zbekistonda sotuvda.

Haqiqiy metall ramka, tezkor zaryadlash, yuqori aniqlikdagi displey, One-Tap Infinix AI∞ funksiyasi va sun’iy intellekt (AI) asosida ishlovchi Bio-Active Halo kabi sog‘liqni nazorat qilish imkoniyatlari bilan jihozlangan ushbu qurilmalar kundalik foydalanish va ko‘ngilochar vazifalar uchun yangi darajadagi qulaylikni taqdim etadi.

Mustahkamlik va uslub uyg‘unligi

Note 50 Pro modeli hoshiyasi ArmorAlloy™ qotishmasidan tayyorlangan — bu damask po‘lati va aerokosmik sinf alyuminiy aralashmasidan iborat bo‘lib, jilolangan ko‘rinishi bilan nafaqat chiroyli, balki bardoshli ham. Ergonomik yumaloq burchaklar qulay tutib turishni ta’minlaydi. Smartfonda ShockAbsorb™ amortizatsiya sistemasi ham qo‘llangan bo‘lib, u qo‘ldan tushib ketish holatlarida chidamlilikni oshiradi va TÜV SÜD sertifikatiga ega.

 Har qanday sharoitda tezkor zaryadlash

 90W FastCharge 3.0 zaryadlash texnologiyasi tufayli smartfonni atigi 38 daqiqada 1% dan 100% gacha to‘ldirish mumkin. Bundan tashqari, Infinix o‘z qurilmalarini to‘liq to‘plamda taqdim etibgina qolmay, har bir xaridorga 30W MagCharge simsiz zaryad qurilmasini sovg‘a sifatida beradi. 5200 mAh sig‘imli akkumulyator esa hatto ekstremal haroratda yoki quvvat darajasi past bo‘lganda ham barqaror ishlashni ta’minlaydi.

Dizayn va samaradorlik

 Infinix Note 50 Pro modeli 6.78" AMOLED FHD+ ekran, 144Hz yangilanish tezligi, 2160Hz teginish chastotasi bilan jihozlangan. Ekran osti barmoq izi skaneri ham mavjud. 1300 nit maksimal yorqinlik ekran tasvirini quyosh ostida ham aniq ko‘rsatadi, displey TÜV Rheinland ko‘k nurlanishdan himoya sertifikatiga ega. 100% DCI-P3 rang qamrovi esa yanada tabiiy va boy tasvirlarni taqdim etadi. Ekranning foydali maydoni — 93,4%. Ushbu model Helio G100 Ultimate 6 nm protsessori, 12 GB tezkor xotira (24 GB gacha kengaytiriladi) va 256 GB ichki xotira bilan ta’minlangan.

 Sun’iy intellekt doimo yoningizda

 Infinix AI∞ One-Tap orqali foydalanuvchilar Folax sun’iy intellekt yordamchisini quvvat tugmasini bosib turish orqali faollashtirishlari mumkin. Folax ekrandagi matn va tasvirni tanib oladi, tarjima qiladi, savollarga javob beradi.

AI asosida ishlovchi funksiyalar yordamida suratdan keraksiz obektlarni o‘chirish, kerakli qismlarni ajratib olish yoki ovozli buyruq bilan suratga olish mumkin.

Shuningdek, foydalanuvchi ta’rif asosida eksklyuziv fon-rasm yaratish, qo‘l bilan chizilgan rasmni tasvirga aylantirish va intellektual qidiruv funksiyasidan ham foydalanishi mumkin — element ustida belgilang, AI sizga u haqida ma’lumot beradi.

Go‘zal suratlar uchun keng imkoniyatlar

 Note 50 Pro — kuchli kamera tizimi, zamonaviy dizayn va yangi operatsion tizim asosida ishlab chiqilgan chinakam flagman. Asosiy 50 MP kamera OIS optik barqarorlashtiruvchi moduli bilan jihozlangan, 8 MP keng burchakli kamera esa shahar manzaralarini suratga olishda a’lo darajada. Old kamera — 32 MP. Video yozish: 2K/30 FPS, 1080p/60 FPS.

 Kundalik foydalanish uchun mukammal tanlov — Note 50

 Note 50 modeli ham Helio G100 Ultimate 6 nm chipseti asosida ishlaydi. 8/256 GB xotira, tezkor xotira 16 GB gacha kengaytiriladi. Displey: 6.78" AMOLED, FHD+, 144Hz yangilanish, 2160Hz teginish chastotasi. Batareya — 5200 mAh, 45W simli zaryad, 30W MagCharge simsiz zaryad qurilmasi har bir xaridorga sovg‘a sifatida beriladi. Orqa kamera: 50 MP OIS asosiy + 2 MP portret moduli, old kamera — 13 MP. Video yozish: 2K/30 FPS, 1080p/60 FPS.

 Ranglar

 Infinix Note 50 Pro va Infinix Note 50 modellari butun O‘zbekiston bo‘ylab hamkor tarmoqlar va marketpleyslarda mavjud. Note 50 Pro quyidagi ranglarda: Shadow Black, Titanium Grey, Racing Edition. Note 50: Shadow Black va Titanium Grey.

Modellar haqida batafsil ma’lumot ushbu havolada.

Mavzuga oid