Jahon | 09:26
3726
2 daqiqa o‘qiladi

CNN: Rossiya komandirlari asirga olingan ukrainalik askarlarni o‘ldirishga buyruq beryapti

Amerika telekanali Ukraina razvedkasi tomonidan taqdim etilgan rus askarlari o‘rtasidagi suhbatning audioyozuvini va drondan olingan videoni e’lon qildi, unda asirga olingan ukrainalik askarlar o‘ldirilgani aytilmoqda.

Foto: Sputnik/imago images

21 may, chorshanba kuni Amerikaning CNN telekanali unga Ukraina razvedkasi tomonidan topshirilgan audio va video materiallarni e’lon qildi, ular esa, Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Rossiya qo‘mondonligi askarlarga taslim bo‘lgan ukrainalik askarlarni xalqaro huquqni buzgan holda qatl etish haqida buyruq berayotganining qo‘shimcha dalilidir.

Audiomateriallar Rossiya Qurolli kuchlarining noma’lum zobiti «Arta» va «Beliy» chaqiruv belgilari bo‘lgan o‘z qo‘l ostidagilariga bir necha bor faqat ukrainalik askarlar guruhi qo‘mondonini asirga olib, qolganlarini o‘ldirishni buyurgan suhbatdir. Bu suhbat, Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil noyabrida, noma’lum sanada soat 12:05 dan 12:31 gacha Zaporijjya viloyatidagi Novodarovka qishlog‘i yaqinida yozib olingan.

CNN nashrida suhbatning audioyozuvi xuddi shu vaqtda va bir joyda drondan olingan videotasvirga qo‘yilgan. Kadrlarda ukrainalik olti nafar askar yerda yotganini ko‘rish mumkin. Keyin ulardan kamida ikkisi yaqin masofadan otib tashlanadi va biri — ehtimol qo‘mondon — olib ketiladi. Qatlni amalga oshirayotganlarning harakatlari radio orqali berilgan buyruqlar bilan hamohang edi.

Bu qotillik Rossiyaning 5-armiyasi 127-diviziyasining 394-motoo‘qchilar polki hujumkor bo‘linmasi harbiy xizmatchilari tomonidan sodir etilgan, deb xabar qildi Ukraina xavfsizlik xizmati. SBU Rossiya Qurolli kuchlarining ushbu bo‘linmasini boshqa jinoyatlarni ham sodir etganlikda gumon qilmoqda.

Mavzuga oid