Fransiyalik fermer qiymati 4 mlrd yevrolik oltin konini topib oldi
U soy bo‘yida sayr qilib yurganida, suv ichida yarqirayotgan narsaga ko‘zi tushgan. Yerni biroz kovlaganidan keyin u oltin rudalariga duch kelgan.

Foto: Freepik
Fransiyalik fermer Mishel Dyupon o‘ziga tegishli yer maydonidan o‘tgan soy bo‘ylab sayr qilib yurib, suvdan oltin topib oldi. 150 tonnaga yetadigan qimmatbaho metall zaxirasi 4 milliard yevroga baholanmoqda.
«Men shunchaki o‘zimning yer uchastkamda rejalashtirilgan tekshiruvni o‘tkazayotgan edim. Shu payt yerda g‘alati bir yaltirashni ko‘rib qoldim. Biroz chuqurroq kovlaganimda esa qo‘limda ushlab turgan narsamga ishona olmadim», — deydi fermer.
Fransiya hukumati vaziyatga zudlik bilan aralashib, fermer topib olgan oltinlarni musodara qilgan. Qonunga ko‘ra, u davlat ixtiyoriga o‘tishi kerak. Agar Dyupon o‘z yerida qazish ishlarini amalga oshirmoqchi bo‘lsa, hukumatdan ruxsat olishi kerak.
Mishel Dyuponning so‘zlariga ko‘ra, oltin topilganidan keyin uning yer maydoni atrofidagi hududlarga talab keskin oshib ketgan.
Mahalliy aholi fikri topilgan oltin konlari tufayli bo‘lindi. Ayrimlar agar yaqin atrofda qimmatbaho metallni ommaviy qazib olish boshlansa, bu ekologiyaga zarar yetkazishidan xavotirda. Boshqalar esa bunday vaziyatni ijobiy baholamoqda, chunki bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi mumkin.
Mavzuga oid

20:25 / 20.05.2025
Fransiya Pavel Durovning AQShga borishiga ruxsat bermadi

15:28 / 20.05.2025
Fransiyada kriptobiznesmenlarga hujumlar seriyasi kuzatilmoqda

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

23:27 / 18.05.2025