Jahon | 20:36 / 22.05.2025
2587
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya qo‘shinlari bufer zona yaratish muammosini hal qilmoqda – Putin

Rossiya – Ukraina chegarasi bo‘ylab xavfsizlikni ta’minlovchi bufer zona yaratilishi mumkin.

Foto: kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat qurolli kuchlari hozir Rossiya-Ukraina chegarasida xavfsizlik bufer zonasini yaratish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

«Chegara bo‘ylab zarur xavfsizlik bufer zonasini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini allaqachon aytgandim. Qurolli Kuchlarimiz hozir bu muammoni hal qilmoqda. Dushmanning o‘q otish nuqtalari faol ravishda bostirilmoqda, ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, men hozirdanoq Kursk, Belgorod va Bryansk viloyatlaridagi vaziyatni hisobga olgan holda, vayron bo‘lgan hamma narsani tiklash va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlashimiz kerakligiga e’tibor qaratmoqchiman», dedi Putin.

22 may holatiga ko‘ra, Kursk viloyatida, ayniqsa, Rossiya va Ukraina kuchlari o‘rtasida janglar davom etayotgan chegara hududlarida vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Asosiy to‘qnashuvlar Glushkovo va Suja tumanlarida sodir bo‘lmoqda. Rossiya qo‘shinlari Ukraina qurolli kuchlarining mintaqa hududiga bostirib kirishga urinishlarini qaytarmoqda, pozitsiyalariga zarba bermoqda.

Mavzuga oid