Jahon | 16:00
1048
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina urush boshlanganidan beri 49 ming erkakning xorijga chiqib ketishining oldini oldi

Ukraina harbiy yoshdagi erkaklarga mamlakatni noqonuniy ravishda tark etishga yordam bergan 900 uyushgan guruhlar faoliyatini to‘xtatdi, dedi milliy chegara xizmati vakili.

Foto: Florent Vergnes/AFP

Harbiy holat rejimi joriy etilgandan buyon Ukraina chegaralarida 49 ming chaqiruv yoshidagi erkak noqonuniy ravishda mamlakatni tark etishga uringani uchun hibsga olindi. Bu haqda 21 may, chorshanba kuni Ukraina yangiliklar telemaronida Ukraina Davlat chegara xizmati matbuot kotibi Andrey Demchenko ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaraning «yashil qismi»da, nazorat-o‘tkazish punktlarida yoki chegara hududlaridagi nazorat-o‘tkazish punktlarida chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan deyarli 45 ming kishi qo‘lga olingan. Yana 4000 ga yaqin odam «soxta hujjatlar yoki boshqa noqonuniy vositalar yordamida chegarani kesib o‘tishga uringan», dedi Demchenko.

«Bu holatda gap chegarani noqonuniy kesib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan shaxslar haqida ketmayapti, chunki bunday ma’lumotlarni chegarani noqonuniy kesib o‘tgan ushbu fuqarolarni qo‘lga olgan qo‘shni davlatlargina aytishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi Davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati matbuot kotibi.

Andrey Demchenko, shuningdek, uning xizmati Yevropa davlatlaridagi hamkasblari bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinishlarga birgalikda qarshi turish maqsadida faol hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi. Umuman olganda, erkaklarning chet elga qochishiga yordam bergan 900 ga yaqin uyushgan guruhlarning faoliyati fosh qilindi. Qochish uchun ular 4500 dan deyarli 11 ming yevrogacha pul to‘lashgan, deya qo‘shimcha qildi Demchenko.

Mavzuga oid