O‘zbekiston | 10:39 / 24.05.2025
1220
2 daqiqa o‘qiladi

Shaxsiy hayot daxlsizligini buzishga oid jinoyatlar 40 foizga oshdi

Adliya vazirligi O‘zbekistonda shaxsiy hayot daxlsizligini buzishga oid jinoyatlar 40 foizga oshganini ma’lum qildi. 

Vazirlik axborot xizmati rahbari Hayot Qilichevga ko‘ra, so‘nggi 3 yilda ma’lumotlarni oshkor etish/shaxsiy hayot daxlsizligini buzishga oid ma’muriy huquqbuzarlik 2,5 baravar, bu boradagi jinoyat ishlari salkam 40 foizga oshgan. Umumiy qoida tariqasida, har qanday kishining foto yoki video tasviridan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi. Agar shaxs 16 yoshdan kichik bo‘lsa, uning ota-onasi rozilik beradi.

Quyidagi holatlarda esa tasvirdan foydalanish uchun hech qanday rozilik talab qilinmaydi:

  • tasvirdagi kishiga nisbatan qidiruv e’lon qilishda;
  • jamoat joylarida, ommaviy tadbirlarda kishini shaxsni tasvirga olishda;
  • ma’muriy huquqbuzarlik, jinoyat haqida xabar berishda;
  • tasvir uning egasi tomonidan hamma foydalana oladigan ochiq manbalarga, aytaylik, Internetga joylashtirilgan bo‘lsa;
  • jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimlari orqali shaxslarni tasvirga olishda.

Davlat xizmatchilarini ularning roziligisiz tasvirga olish mumkinligi belgilab ketilmoqda. Bundan tashqari, kishilar qisman yoki to‘liq kiyimsiz bo‘ladigan joylarda videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va shaxslarni tasvirga olish taqiqlanmoqda.

Mavzuga oid