Jamiyat | 08:52 / 27.05.2025
1950
1 daqiqa o‘qiladi

1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Rishton tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan

“T.B.” MChJ rahbari S.M. “Bog‘iston” MFY hududidagi muzlatkich omborida hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazgan holda elektr tarmog‘idan tijorat maqsadida foydalanib, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid