Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
Namangan shahrida 19 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 daraxtga urilib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etdi.

Foto: Namangan viloyati FVB
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Namangan shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 26 may kuni soat 20:49 larda Namangan shahar Yangi asr MFY hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lining 87-kilometrida 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia-3 rusumli avtomobilni haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketgan va daraxtga urilgan. Natijada, avtomashinada yong‘in yuzaga kelgan.
Qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borgan, yong‘in qutqaruvchilar va fuqarolar tomonidan o‘chirilgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida avtomashina to‘liq yonib zararlangan hamda haydovchi voqea joyida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Toshkentning Yangihayot tumanida harakatlanib borayotgan Isuzu yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasi ortiga borib urilgandi. O‘shanda YTH oqibatida Isuzuʼda yong‘in kelib chiqqan hamda undagi ikki kishi halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

17:17 / 22.05.2025