Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Vengriyaning Gedeon Richter va Meditop farmatsevtika kompaniyalari O‘zbekistonda shartnoma asosida ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Foto: Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
Vengriyaning Budapesht shahrida xizmat safari bilan bo‘lgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Gedeon Richter va MEDITOP Pharmaceutical kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini investitsiya kiritish orqali va shartnoma asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bu yo‘nalishda amaliy harakatlar rejasi belgilab olindi.
Shu bilan birga, investitsiya loyihalari doirasida mahalliylashtirish jarayonlarida davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, “Hayotiy zarur dori vositalari” ro‘yxatini shakllantirishda jahon tajribasini inobatga olish hamda mahalliylashtirishning iqtisodiy samaradorligi yuzasidan hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Mavzuga oid

15:47 / 24.07.2025
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi

13:46 / 24.07.2025
Qalbaki dori vositalari ishlab chiqarilgan xonadon aniqlandi

08:57 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston dori vositalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etadi

09:27 / 22.07.2025