Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida sinov tariqasida sintetik metan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Loyiha Yaponiyaning ITO Corporation kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Sintetik metan orqali Angrendagi bir nechta ko‘p qavatli uy gaz bilan ta’minlanyapti.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati Angren shahrining Yangiobod mahallasida sintetik metan ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha sinov tariqasida ishga tushirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, loyiha «Hududgazta’minot» AJ va Yaponiyaning ITO Corporation kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida mahallaga ITO Corporation tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiya – propan va havo aralashmasidan sintetik metan gazini oluvchi qurilmalar o‘rnatilgan. Ushbu sintetik metan orqali pilot hududdagi bir nechta ko‘p qavatli uyni gaz bilan ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, loyihani yanada kengaytirish, zamonaviy uskunalarni respublika bo‘ylab joriy qilish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
«Mazkur tashabbus Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lib, O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish, zamonaviy va ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan strategik yo‘nalishlarning ajralmas qismi hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

16:13 / 23.07.2025
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda

12:04 / 23.07.2025
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV

00:31 / 10.07.2025