Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?
Boshqa hududlardagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan o‘qituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarning birini tanlashi kerak bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
U ko‘rsatilgan vakant soatlar bo‘yicha 15 maydan 25 iyulga qadar umumta’lim maktabi direktoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qiladi.
O‘qituvchi-pedagoglar ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktab direktoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- mutaxassisligi, dars beradigan fanini ko‘rsatgan holda direktor nomiga ariza;
- doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami ko‘rsatilgan ma’lumotnoma — obektivka;
- oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi.
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan o‘qituvchi-pedagoglarni saralash bo‘yicha Ishchi guruh tuziladi.
Ishchi guruh tarkibiga maktab direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor), psixolog, maktab kasaba uyushmasi vakili kiritiladi.
Ishchi guruh murojaat etgan o‘qituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqadi.
Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar bo‘yicha bir o‘ringa ikki va undan ortiq nomzodlar bo‘lgan taqdirda, ular kasbiy bilim va ko‘nikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yo‘nalishida ishchi guruh tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.
Saralash onlayn tarzda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktab har yili 5 avgustga qadar ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va suhbat natijalariga ko‘ra saralangan o‘qituvchi-pedagoglar haqidagi ma’lumotlarni elektron platformaga kiritadi.
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ishlamoqchi bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar:
- tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- dars berayotgan fani bo‘yicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega bo‘lishi;
- boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan bo‘lishi;
- amalda faoliyat yuritayotgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatida mavjud bo‘lmasligi talab etiladi.
Mavzuga oid

16:00 / 03.06.2025
Qishloqdan xalqaro maydon sari: 30 dan ortiq mamlakatda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘zbek qizi hikoyasi

10:51 / 02.06.2025
O‘zbekiston va Malayziya maktab o‘qituvchilari malakasini oshiradi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

11:37 / 26.05.2025