Zelenskiy: Kiyev NATO sammitiga taklif oldi
Ukraina Haagadagi NATO sammitiga taklif oldi, dedi Ukraina rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, tafsilotlarni Ukraina TIV rahbari hamkasblari bilan muhokama qilmoqda.

Foto: Ins Kalnins/REUTERS
Ukraina NATOning Haagadagi sammitiga taklif oldi. Bu haqda 2 iyun, dushanba kuni Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy Telegramʼda ma’lum qildi.
Ukraina davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa o‘z hamkasblari bilan uchrashuv tafsilotlari, infratuzilma jihatlari va ehtimoliy natijalarni muhokama qiladi.
Ukraina prezidenti Ruminiya prezidenti Nikushor Dan bilan suhbatida bu masalaga ham to‘xtalganini qo‘shimcha qildi.
«Haagada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga alohida e’tibor qaratildi», — deb yozdi u.
Ukraina Ruminiyaning doimiy yordamiga, YeI va NATOga a’zolikni qo‘llab-quvvatlashiga ishonishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi Volodimir Zelenskiy. U Haagada Kiyevdan kim vakil bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.
24-26 iyun kunlari Haagada NATO sammiti bo‘lib o‘tadi.
Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi 31 may kuni Yevropa davlatlari Kiyevga taklif yuborishga rozi bo‘lganini yozgan.