Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri: Mamlakat iqtisodiyoti sovish davriga kirdi
Iqtisodiyot so‘nggi ikki yildagi yuqori o‘sish sur’atlaridan keyin sovish davriga kirdi - Maksim Reshetnikov.

Foto: Anadolu Agency
Rossiya iqtisodiyoti o‘tgan ikki yildagi yuqori o‘sish sur’atlaridan keyin sovish davriga kirdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Federatsiya kengashidagi “Ochiq muloqot” chog‘ida aytib o‘tdi.
"Iqtisodiyot so‘nggi ikki yildagi yuqori o‘sish sur’atlaridan so‘ng endi sovish davriga kirdi. Ko‘rib turibmizki, real sektorda tobora ko‘proq sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish pasaymoqda. Iste’mol talabining o‘sish sur’ati sekinlashmoqda. Shu bilan birga, aholi daromadlarining o‘sishi iste’mol bozoriga emas, balki jamg‘armalarga yo‘naltirilishda davom etmoqda. Statistik ma’lumotlar sezilarli sekinlashuvni ko‘rsatmoqda", - deydi Reshetnikov.
2024 yil 25 oktyabrda Rossiya banki asosiy stavkani 200 ta bazaviy punktga ko‘tarib, yillik 21 foiz rekord darajagacha oshirdi.
Mavzuga oid

11:10
Ukraina Rossiyaning eng yangi atom suvosti kemasi hujjatlarini e’lon qildi

10:30
Rossiyalik bolalar yozgi ta’tilini Toshkent viloyatidagi oromgohda o‘tkazdi

08:46
"MK" gazetasi Ozarboyjonni natsistlar Germaniyasiga qiyosladi

23:06 / 04.08.2025