Jahon | 19:52 / 05.06.2025
11030
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Xerson oblasti ma’muriyati binosi yakson etildi

Foto: Oleksandr Prokudin / Telegram

Rossiya qo‘shini bir kun davomida ikki bor Xerson oblasti ma’muriyati binosiga raketa zarbasi yo‘lladi, natijada u butkul vayron bo‘lgan. 

Ma’muriyat rahbari Oleksandr Prokudin zarba oqibatida jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi tekshirilayotganini ma’lum qilgan.

Xerson oblasti kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Yuriy Sobolevskiy oldinroq binodan «anchadan buyon foydalanilmayotgani, u oldin ham bir necha bor dushman zarbasiga uchragani» va «hech qanaqasiga qarorlar qabul qilish markazi sanalmasligi»ni aytgandi.

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ham bino vayron qilingani aks etgan fotosuratni o‘z sahifasiga joylashtirgan. «Rossiyaliklarning kun davomidagi ikkinchi zarbasi. Nima uchun? Bu harakatdan mantiq nima? Mantiq umuman yo‘q», — deya yozgan u.

Mavzuga oid