Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»
Ukraina prezidenti xalqaro hamjamiyatni Rossiyaga bosimni keskin oshirishga chaqirdi. Bir kechaning o‘zida Rossiya Ukrainaga 400 dan ortiq dron va 40 dan ortiq raketa uchirdi, dedi Volodimir Zelenskiy.

Foto: AP
Rossiyaning yangi ommaviy hujumi fonida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xalqaro hamjamiyatni Moskvaga bosimni keskin oshirishga chaqirdi. «Bugungi hujumda jami 400 dan ortiq dron va 40 dan ortiq raketalar, jumladan ballistik raketalar qo‘llandi. 49 kishi jarohatlandi. Hozirgacha uch kishining o‘limi tasdiqlandi. Rossiya buning uchun javob berishi kerak», deb yozdi u 6 iyun, juma kuni X platformasidagi mikroblogida.
«Ushbu urushning dastlabki daqiqalaridanoq Rossiya shahar va qishloqlarga zarba berib, barcha tirik mavjudotni yo‘q qilmoqda. Ukraina o‘zini himoya qilishi uchun biz allaqachon dunyo bilan ko‘p ish qildik. Ammo hozir Amerika, Yevropa va butun dunyo Rossiyaga bosimni kuchaytirib, bu urushni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan payt. Agar kimdir bosim o‘tkazmasa va urushga odam o‘ldirish uchun vaqt bersa, bu - sodir bo‘layotgan ishlarga sheriklik va mas’uliyat. Qat’iy harakat qilish kerak», — deydi u.
Ukraina Havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina hududiga tungi zarbalar berishda jami 452 ta uchuvchisiz uchoq va turli raketalardan foydalangan: 407 ta Shahed hujumkor uchuvchisiz uchog‘i, oltita «Iskander-M/KN-23» ballistik raketalari, 36 ta X-101 qanotli raketalari, ikkita «Iskander-K» qanotli raketasi va bitta X-31P radiolokatsiyaga qarshi raketasi. Shu bilan birga, havo hujumidan mudofaa kuchlari radioelektron urush vositalari yordamida 406 nishonni yo‘q qildi yoki bostirdi.
Mavzuga oid

22:11 / 27.07.2025
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi

20:30 / 27.07.2025
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi

17:56 / 27.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?

09:02 / 27.07.2025