Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonga kelmoqda
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 8–10 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar, Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilish reja qilingan.

Foto: Szilárd Koszticsák/EPA
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 8–10 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston-Slovakiya ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Ustuvor yo‘nalishlar sifatida savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, turizm sohalarida sheriklikni kengaytirishga e’tibor qaratiladi, deyiladi xabarda.
Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashiladi.
Yakunda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid

16:56 / 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri birgalikda daraxt ekdi

16:24 / 09.06.2025
Yevropaga ochilayotgan eshik: Slovakiya bosh vaziri tashrifi va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar

15:15 / 09.06.2025
O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

14:34 / 09.06.2025