O‘zbekiston | 12:06
3091
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘ksaroyda Robert Fitsoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

9 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Slovakiya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Mavzuga oid