Toshkentda pulli parkovkalar: ular nega kerak va qanday foydalanish mumkin?
Toshkent shahri ko‘chalarining yo‘l yuzida pulli avtomobil turargohlarini joriy qilish orqali tartibli, zamonaviy va qulay shahar muhitini yaratish mumkin. Poytaxt Parking loyihasining asosiy maqsadi ham shunda. Ushbu loyiha tufayli shahar markazida yo‘llardagi zichlikni kamaytirib, ayniqsa avtoturargoh izlashga ketadigan vaqtni qisqartirish mumkin.

Shu bilan birga, ko‘chadagi avtoturargohlarni tartibga solish va beqaror, xaotik turish holatlariga barham berishga, barcha yo‘l harakati qatnashchilari uchun xavfsizlik va qulaylik darajasini oshirishga erishish mumkin. Shuningdek, shahar transport infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliya manbai yaratiladi.
Xorijiy tajriba ham to‘lovli avtoturargohlar transport oqimini yaxshilashga yordam berganini ko‘rsatadi. Masalan, Moskva, Budapesht, Olmaota va boshqa shaharlarda bunday tizim joriy etilganidan so‘ng tirbandliklar 15–25% ga kamaygan. Poytaxt Toshkent shahrida ham shu kabi natijaga erishish kutilmoqda.
Bundan tashqari, loyihada shahar hududi avtoturargohga bo‘lgan talab va yuklamasiga qarab turli toifalarga bo‘lingan:
● A hudud (shahar markazi) — 12 000 so‘m/soat;
● B hudud — 10 000 so‘m/soat;
● C hudud — 8 000 so‘m/soat;
● D hudud — 6 000 so‘m/soat;
● E hudud — 5 000 so‘m/soat.
Bugungi kunga kelib, pulli avtoturargohlar quyidagi manzillarda joriy etilmoqda:
Amir Temur maydoni atrofi;
Istiqlol ko‘chasi (Kutubxonadan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismi);
Istiqbol ko‘chasining boshqa uchastkalari;
Sodiq Azimov ko‘chasi (Istiqbol ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha) va Mirobod tumani hududida.
Shahrisabz ko‘chasi (Istiqbol ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha)
Glinka ko‘chasi (Nukus ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha)
Yana bir muhim jihati, pulli parkovkalarga yaqin hududda yashovchi aholi uchun rezidentlik ruxsatnomalari ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, avtoturargohga yaqin joydagi kompaniyalar maxsus abonementlardan foydalanishi mumkin.
Hozirda ushbu hujjatlar shahar hokimiyati bilan kelishilmoqda. Yaqin kunlarda abonement/rezidentlik ruxsatnomasini olish va undan foydalanish haqida to‘liq ma’lumot beriladi.
Batafsil ma’lumot:
Telefon: +99878 113 67 00
Pochta: info@poytaxtparking.uz
Reklama huquqi asosida