Tramp Los-Anjelesga dengiz piyoda askarlari va ko‘proq milliy gvardiyachilarni yubordi
Trampning buyrug‘i bilan Kaliforniyada 700 nafar dengiz piyoda askari va yana 2000 nafar milliy gvardiyachi joylashtiriladi. Shtat gubernatori prezidentni «antiamerika» choralari uchun sudga berish bilan tahdid qilmoqda.

Foto: AFP
AQSh federal hukumati antimigratsion reydlarga qarshi norozilik namoyishlari fonida Los-Anjelesda joylashtirilgan milliy gvardiyachilar sonini ikki barobarga, ya’ni 4000 kishiga yetkazishga qaror qildi. Bu haqda Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom 9 iyun, dushanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Milliy gvardiyaning yangi bo‘linmalaridan tashqari Kaliforniyadagi "Kemp-Pendlton" bazasidan 700 nafar dengiz piyoda askarlari ham Los-Anjelesga yuboriladi. AQSh prezidenti ma’muriyati bu qarorni «federal xodimlar va binolarga nisbatan tahdidlarning kuchayishi» bilan izohladi, deb yozadi AFP.
AQSh prezidenti Donald Tramp Los-Anjelesda davom etayotgan norozilik namoyishlarini izohlar ekan, «professional agitatorlar va isyonchilarni» tartibsizliklarni keltirib chiqarganlikda aybladi. U Kaliforniyaga mahalliy hokimiyatlarga emas, balki federal markazga bo‘ysunadigan kuch tuzilmalarining yanada ko‘proq vakillarini yuborish bilan tahdid qildi. Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida Tramp yuborilgan askarlarga «hurmatsizlik» ko‘rsatadigan namoyishchilarga zo‘ravonlik bilan tahdid qildi.
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidan Los-Anjelesga Milliy gvardiya «qo‘shinlarini noqonuniy joylashtirish» haqidagi qarorini bekor qilishni rasman talab etdi.
«Tramp aralashmaguncha muammoga duch kelmadik. Bu davlat suverenitetini jiddiy buzish — keskinlikni kuchaytirib, resurslarni haqiqatan ham zarur bo‘lgan joydan chiqarib yuborish», deb yozgan Nyusom postida va unga Pentagon rahbari Pit Hegsetga murojaati suratini ilova qilgan.
Nyusom postda ta’kidlaganidek, agar vaziyat davlat hokimiyatiga tahdid soladigan xorijiy bosqin yoki qo‘zg‘olonlarga taalluqli bo‘lmasa, u mintaqa rahbari sifatida federal yordam so‘rash to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Vashington nazorati ostida Los-Anjelesga Milliy gvardiya qo‘shinlarining kiritilishi «vaziyatni jiddiy ravishda kuchaytirish» bilan tahdid soladi – bu qaror bekor qilinib, mintaqaviy bo‘linmalar mahalliy hokimiyat nazoratiga qaytishi kerak, dedi siyosatchi.
Mavzuga oid

23:13 / 10.06.2025
Trampning tug‘ilgan kunida Vashingtonda harbiy parad bo‘lib o‘tadi

22:34 / 10.06.2025
Los-Anjyelesdagi tartibsizliklar: xalqni qo‘zg‘atgan mish-mishlar, Trampning o‘jarligi va hozir nima bo‘layotgani haqida

15:34 / 10.06.2025
TikTok’da 162 mln obunachiga ega bloger Habi Leym AQShdan chiqarib yuborildi

13:58 / 10.06.2025