Boysunda vodorod sulfidi gazi miqdori me’yordan oshmagan – Ekovazirlik
Ekologiya vazirligi «Kofrun» mahallasining 5 ta nuqtasida vodorod sulfidi miqdorini o‘lchab, shunday xulosaga keldi.

Foto: Kun.uz
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, «Kofrun» mahallasida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz-kimyo majmuasiga qarashli 202-son quvurda sodir bo‘lgan texnik avariya oqibatida otilib chiqqan vodorod sulfid gazi darajasi me’yordan oshmagan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Kun.uz so‘roviga javoban ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, vaziyatni o‘rganish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.
O‘rganish jarayonida 2025 yil 8 iyun kuni «Kofrun» mahallasidagi 5 ta nuqtada, soat 8:00 dan 11:00 gacha turli o‘lchov uskunalari orqali atmosfera havosidagi vodorod sulfid (H2S) gazi miqdori o‘lchangan.
Olingan natijalarga ko‘ra, avariya sodir bo‘lgan quduq atrofida (500 m), sharqiy, g‘arbiy va shimoliy yo‘nalishlarda (1000 m dan 3000 m gacha bo‘lgan masofalarda) hamda «Kofrun» qishlog‘ida (1500 m) vodorod sulfid darajasi me’yordan oshmagani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan atmosfera havosini o‘rganish va monitoring qilish ishlari hududda doimiy ravishda olib boriladi.
«Mustaqillikning 25 yilligi» gaz-kimyo majmuasiga qarashli 202-son quduqda tarkibida vodorod sulfidi miqdori yuqori bo‘lgan gaz katta bosim bilan 5 may kuni otilib chiqqan edi. Energetika vazirligi buni gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborilgani bilan izohladi. Yuzaga kelgan hodisa yaqin atrofdagi aholi punktlari uchun xavf tug‘dirmasligi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:45 / 09.06.2025
Surxondaryoda 913 mlrd so‘mga «Sangardak» turistik markazi qurilmoqda

10:06 / 07.06.2025
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi

19:06 / 03.06.2025