Jahon | 08:37 / 11.06.2025
4562
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Xarkivni o‘qqa tutishi: 2 kishi halok bo‘ldi, 54 kishi yaralandi

Rossiya Qurolli kuchlari Xarkivning ikkita tumaniga 17 ta Shahed dronlari bilan zarbalar berdi – dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘ldi, 54 kishi yaralandi, deb xabar qildi mer.

Foto: Telegram / kharkivlife

11 iyun, chorshanbaga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 00:31 dan 00:40 gacha Rossiya Qurolli kuchlari Xarkivning ikki tumani – Slobodskoy va Osnovyanskiy tumanlariga 17 ta Shahed uchuvchisiz uchoqlari bilan zarbalar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, 54 nafari yaralangan, yaradorlar orasida besh nafar bola ham bor. Bu haqda shahar meri Igor Terexov Telegramʼda ma’lum qildi.

«Besh qavatli uyda 15 dan ortiq xonadon yonmoqda... Boshqa manzilda... vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin», — deb yozdi u. Yong‘in ichida qolgan uylardan bir necha kishi qutqarib olindi, deya qo‘shimcha qildi mer.

Merning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p qavatli va xususiy uylar, bolalar maydonchalari, korxonalar va jamoat transportiga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berilgan.

Bir qancha mashinalar yonib ketgan, oynalari singan. Trolleybuslar, aloqa tarmog‘i, kommunal tarmoqlar va sanoat obektlari shikastlangan.

Favqulodda vaziyatlar xizmatlari, shuningdek, ko‘ngillilar oqibatlarni bartaraf etib, gaz, elektr va suv ta’minotini tiklamoqda, dedi Terexov.

«Xarkov life» Telegram-kanalida uy yonayotgani aks etgan video chop etildi.

Mavzuga oid