President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi
IT Park Uzbekistan texnologiya, tadbirkorlik va raqamli yechimlar sohasidagi yosh iste’dodlar uchun mamlakatdagi eng yirik tanlov - “President Tech Award” boshlanganini e’lon qiladi. Tanlov iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsata oladigan istiqbolli loyihalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Foto: President Tech Award
Tanlovning asosiy yo‘nalishlari:
Sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar
Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar
Kompyuter va mobil o‘yinlar
Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar
Micro-SaaS va AdTech sohasidagi texnologik yechimlar
Maxsus yo‘nalish: Hakaton
Shuningdek, innovatsion g‘oyalarga ega bo‘lgan ishtirokchilar eksperimental va nostandart texnologik yechimlar ko‘rib chiqiladigan maxsus toifa - Xakatonga ariza topshirishlari mumkin.
Mukofot jamg‘armasi — $1 000 000.
Beshta asosiy yo‘nalishning har biri bo‘yicha quyidagi sovrinlar belgilangan:
1-o‘rin — $100 000
2-o‘rin — $50 000
3-o‘rin — $30 000
Hakaton maxsus yo‘nalishida g‘olib jamoa $100 000 miqdoridagi grantga ega bo‘ladi.
Ariza topshirish uchun zarur materiallar:
“OneID” tizimidagi hisob
Loyihaning qisqacha tavsifi aks etgan 3 daqiqalik video
PDF formatidagi loyiha taqdimoti (faylni yuklash yoki havola)
Loyiha prototipiga (MVP) havola
GitHub’dagi loyiha repozitoriysiga havola
Ishtirok etish shartlari:
Bir ishtirokchi yoki jamoa faqat bitta asosiy va bitta maxsus yo‘nalish bo‘yicha ariza topshirishi mumkin.
Tashkiliy qo‘mita bilan kelishilgan holda jamoa tarkibida o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
Jamoa hajmi:
Asosiy yo‘nalishlar uchun — 3–8 kishi;
Hakaton yo‘nalishi uchun — 3–5 kishi.
Tanlovda ishtirok etish bepul.
Loyihalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanmaydi.
Asosiy yo‘nalishlarda faqat 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etadilar.
Maxsus yo‘nalishda IT Park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarda ishlaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etishlari mumkin.
President Tech Award — bu o‘zingizni namoyon qilish, moliyaviy va ekspert ko‘magini olish, shuningdek, mamlakatning texnologik kelajagiga hissa qo‘shish uchun noyob imkoniyat.
1 iyulgacha “President Tech Award” tanloviga ro‘yxatdan o‘ting!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

19:00 / 17.08.2024
“President Tech Award 2024” tanlovi davom etmoqda

17:00 / 18.07.2024
President Tech Award - o‘z startapingizni boshlash uchun ajoyib imkoniyat

17:00 / 27.06.2023
Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil qiluvchi President Tech Award tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda

19:00 / 19.06.2023