Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi GSDP a’zolarining «Manifesti»ga qaramay, Rossiya bilan muzokaralar olib borish uchun hech qanday sabab ko‘rmayotganini aytdi.

Foto: Felix Zahn/Auswärtiges Amt/photothek/picture alliance
«Hozircha men keyingi muzokaralar uchun na sabab, na imkoniyat ko‘rmayapman», deb javob berdi Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful jurnalistning Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan qachon telefonda gaplashmoqchi ekanligi haqidagi savoliga. Savol Vadefulga 12 iyun, payshanba kuni kengaytirilgan formatdagi «Veymar uchburchagi» («Veymar+») konferensiyasi chog‘ida berildi. Bu format Germaniya, Fransiya va Polshani Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, shuningdek, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas bilan birlashtiradi.
Agar Moskva bilan bunday muzokaralar bo‘ladigan bo‘lsa, Berlin ularni «yevropalik hamkorlar bilan birga» olib borish niyatida, biroq hozir «aytish kerakki, Rossiya muzokaralarga tayyor emas, balki urushga intilmoqda» va shunday ekan, Germaniya «Ukraina tomonida qat’iy turadi», deb tushuntirdi Vadeful.
Shu bilan birga, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «tinchlantirish siyosati»ga qarshi chiqdi, chunki Rossiyaning Ukrainaga qilgan so‘nggi hujumlari Kreml hozirda urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor emasligini ko‘rsatdi. «Erkin G‘arb buni qabul qila olmaydi», dedi Yoxann Vadeful.
Avvalroq, GFR moliya vaziri lavozimini egallab turgan vitse-kansler Lars Klingbayl Germaniya sotsial-demokratik partiyasidagi (GSDP) safdoshlarining Moskva bilan muzokaralarni boshlash chaqirig‘idan uzoqlashgan edi. Rossiya armiyasi Ukrainada azob-uqubatlarni keltirib chiqarishda davom etmoqda va uning harakatlari har kuni odamlarning o‘limiga olib keladi, deya ta’kidladi Klingbayl Berlinda jurnalistlar bilan suhbatda.
Mavzuga oid

16:13 / 13.06.2025
«Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta AES quradi

15:20 / 13.06.2025
Germaniya: NATOga yangi maqsadlar uchun 60 minggacha qo‘shimcha askar kerak bo‘ladi

13:38 / 13.06.2025
Tramp: «Aftidan, Putinga Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari ahamiyatsiz»

11:33 / 13.06.2025