Jahon | 21:42 / 13.06.2025
14392
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV

Isroilning zarbasi oqibatida ko‘plab qo‘mondonlarning halok bo‘lgani shu bilan izohlanmoqda.

Foto: AFP

Isroilning xavfsizlik bo‘yicha amaldorini Fox News telekanaliga aytishicha, Isroil zarbadan oldin Eron harbiy havo kuchlarining yuqori martabali qo‘mondonlarini aldab, bir joyga yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

«Biz ular haqida ko‘proq ma’lumot olishga imkon beradigan maxsus tadbirlarni amalga oshirgan edik, keyin esa bu ma’lumotlardan ularning xatti-harakatlariga ta’sir qilish uchun foydalandik», dedi manba. «Biz bu harakatlarni uchrashuvga olib kelishini bilardik - lekin bundan ham muhimi, ularning u joyda qolishi uchun nima qilishni bilardik».

Manbaning aytishicha, zarbalar kutilganidan ko‘ra muvaffaqiyatli bo‘lgan, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va Eron Isroilga qarshi ishlatmoqchi bo‘lgan ballistik raketalarga profilaktik zarbalar berilgan.

13 iyunga o‘tar kechasi Isroil harbiy-havo kuchlari Eronga yirik havo hujumi uyushtirdi va yadroviy inshootlar bilan raketa obektlaridan tortib, yuqori martabali amaldorlar va olimlarning qarorgohlarigacha bo‘lgan o‘nlab nishonlarga zarba berdi. Halok bo‘lganlar orasida Eron qo‘mondonlari va muhim olimlar bor edi.

Axios nashrining Isroil rasmiylariga tayanib yozishicha, Isroil Eronga qarshi operatsiyani AQSh «signali» bilan sakkiz oy davomida tayyorlagan.

Mavzuga oid