O‘zbekiston | 19:03 / 13.06.2025
2250
1 daqiqa o‘qiladi

«Tuxum barak» taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Taom asosan Xorazm viloyatida keng tarqalgan bo‘lib, ushbu hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi.

Foto: zira.uz

Xorazm viloyatiga xos bo‘lgan «Tuxum barak» taomi geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

«Mazkur taom o‘ziga xos tayyorlanish usuli, tarkibi va qadimiy an’analarga asoslanganligi bilan ajralib turadi. «Tuxum barak» asosan Xorazm viloyati aholisi orasida keng tarqalgan bo‘lib, ushbu hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi bu taomni huquqiy jihatdan himoya qilish, sifat va nufuzini saqlab qolish hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi.

Adliya vazirligining eslatishicha, geografik ko‘rsatkich — bu mahsulotning ma’lum bir hududga xosligi va aynan shu hudud omillari bilan bog‘liq alohida sifatlarga ega ekanini bildiruvchi intellektual mulk obekti hisoblanadi.

Mavzuga oid