Jahon | 14:59 / 14.06.2025
1275
2 daqiqa o‘qiladi

Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi

Muxolifatdagi «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Nika Gvaramiya Rustavidagi 12-sonli jazoni ijro etish muassasasida, deb xabar berdi «Exo Kavkaza».

Foto: AP

Gurjistonda muxolifatdagi «O‘zgarish koalitsiyasi» yetakchisi Nika Gvaramiya hibsga olindi, u Rustavi shahridagi 12-sonli jazoni ijro etish muassasasida. Bu haqda 13 iyun, juma kuni «Exo Kavkaza» radiosi o‘z saytida ma’lum qildi. Hibsga olish munozarali parlament tergov komissiyasining talablarini bajarmaganlik ishi bo‘yicha amalga oshirilgan. Avvalroq Tbilisi shahar sudi siyosatchiga nisbatan chiqargan 30 ming lari (taxminan 9477 yevro) miqdoridagi ehtiyot chorasi pulini muxolifatchi to‘lashdan bosh tortgan edi.

«Ish uydirma va aslida Konstitutsiyaga zid yaratilgan komissiya huzuriga kelmagan barcha siyosatchilarga qarshi ochilgan. Men Gurjiston Konstitutsiyasiga bo‘ysunaman, «orzu» (hukmron partiya «Gurjiston orzusi») konstitutsiyasiga emas».

Nika Gvaramiyaning o‘zi 12-sonli jazoni ijro etish muassasasiga yetib keldi, deya aniqlik kiritdi OAV.

Avvalroq «Axali» partiyasi asoschisi Nika Melia, sobiq mudofaa vaziri Irakliy Okruashvili va «Girchi – ko‘proq erkinlik» partiyasi rahbari Zurab Japaridze ham xuddi shunday modda bilan hibsga olingan edi.

Komissiya sobiq prezident Mixail Saakashvili va uning atrofidagilar faoliyatini tekshirmoqda. Uning yig‘ilishi «Gurjiston orzusi» tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Mavzuga oid