O‘zbekiston | 08:50 / 14.06.2025
2561
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Videodan kadr

Unda, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi fuqaro 49 kg 599 gr “opiy” moddasini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasi kelgusida Xorazm viloyati hududida sotilishi rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasining 2-qismi va 273-moddasining 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Shuningdek, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid