O‘zbekiston | 10:05
1583
1 daqiqa o‘qiladi

Chet tilida ayrim maxsus fanlarni o‘qitgan o‘qituvchilar 100 foizgacha ustama olishi mumkin

Avvalgi tartib bo‘yicha sertifikat talabi mavjud emas edi hamda ustamani 25 foizdan 40 foizgacha berish mumkin edi.

Foto: Kun.uz 

Hukumatning 2025 yil 12 iyundagi 362-sonli qarori bilan 29.09.1994 dagi 409-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi

Unga ko‘ra, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillar bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tarkibiga (chet tillari, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno), shu jumladan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazayotganlarga, chet tilida ayrim maxsus fanlarni o‘qitganlik uchun, fanni o‘qitish kursining davomiyligi va chet tilini o‘qitish kasb mahoratiga qarab, bazaviy maoshning 25 foizidan 100 foizigacha miqdorda ustama belgilanadi.

Avvalgi tartib bo‘yicha sertifikat talabi mavjud emas edi hamda ustamani 25 foizdan 40 foizgacha berish mumkin edi.

Mavzuga oid