Erdo‘g‘an: Isroil G‘azodagi genotsiddan e’tiborni chalg‘itmoqchi
Turkiya prezidenti Kuvayt amiri bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: Omar Ashtawy/APA Images
Isroil Eronga hujum qilib, G‘azoda amalga oshirayotgan genotsiddan e’tiborni chalg‘itmoqchi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Kuvayt amiri Mishal al-Ahmad al-Jobir as-Sabah bilan telefon orqali muloqotda ma’lum qildi, deya xabar beradi Turkiya prezidentining aloqa boshqarmasi.
Davlat rahbari Tel-Avivning bunday niyatlariga chek qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Tomonlar Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro, mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qildi.
Prezident Erdo‘g‘an Isroilning Eronga qarshi hujumlari bilan boshlangan mojaro mintaqa xavfsizligiga katta xavf tug‘dirayotganini qayd etdi. Turkiya davlati rahbari mintaqada yangi urush boshlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Turkiya rahbari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu boshqaruvi global barqarorlik va xavfsizlik uchun muammoga aylanganini qayd etdi.
Turkiya davlati rahbari Isroil hujumlari, jumladan, Eron va AQSh o‘rtasidagi Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar jarayoniga putur yetkazayotganiga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, bu muzokaralar kelishmovchiliklarni bartaraf etishning yagona yo‘li.
Prezident Erdo‘g‘an Turkiya va Kuvayt Isroilning G‘azodagi genotsidi va mintaqadagi tajovuzini keskin qoralaganini eslatdi.