"Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi barqaror bo‘lishi shart" - prezident
Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi keskin oshmasligi, korxonalar “soya”dan chiqib ishlashi uchun QQSning yarmini keshbek qilib qaytarish tartibi o‘tgan hafta tasdiqlangan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi keskin oshmasligi, korxonalar “soya”dan chiqib ishlashi uchun QQSning yarmini keshbek qilib qaytarish tartibi o‘tgan hafta tasdiqlangan edi.
Mutasaddilar keshbekni bir kunga bo‘lsa ham kechiktirmaslik zarurligi haqida ogohlantirildi.
“Hokimlarni ham ogohlantiraman, ushbu yangi mexanizm asosida go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi barqaror bo‘lishi shart. Buni eplay olmaganlari ishdan ketadi”, - dedi prezident.
Sud qarorlari vaqtida ijro bo‘lmayotgani yuzasidan murojaatlar juda ko‘pligi qayd etildi. O‘tgan yili MIBga yuborilgan har beshta sud qaroridan bittasi ijro qilinmagani tanqid qilindi.
Mavzuga oid

17:45
Prezident tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgarishini e’lon qildi

16:08
1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi

14:52
Yo‘llardagi kameralar faqat jarima yozishi emas, transport oqimini boshqarishi kerak – prezident

14:13