O‘zbekiston | 22:38 / 17.06.2025
868
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ukrainalik bolalarga o‘quv qurollari to‘plamini sovg‘a qildi

Urushdan jabr ko‘rgan ukrainalik oilalarning bolalari O‘zbekistonda ta’tilni o‘tkazdi, ularga 2 mingta o‘quv qurollari to‘plami sovg‘a qilindi.

Foto: Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi urushdan jabr ko‘rgan ukrainalik oilalarning 97 nafar bolasi uchun tashkil etilgan unutilmas ta’til uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi. 5 iyundan 17 iyungacha ikki hafta davomida O‘zbekiston ular uchun g‘amxo‘rlikka to‘la haqiqiy uyga aylangani ta’kidlandi.

«O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu ta’sirli tashabbus xalqlarimiz o‘rtasidagi chuqur do‘stlik va birdamlikning yorqin dalilidir. Biz ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga benuqson muvofiqlashtirish uchun, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har tomonlama yordam uchun hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qiziqarli va mazmunli dastur uchun minnatdorchilik bildiramiz», deyiladi xabarda.

Shuningdek, bo‘lajak maktab o‘quvchilari uchun ajoyib sovg‘a - 2000 ta «birinchi sinf o‘quvchisi to‘plami» uchun alohida tashakkur bildirildi.

«Bunday yordam Ukraina uchun bebaho bo‘lib, qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bolalarga umid va tabassumlar hadya etadi. Biz sizning insonparvarligingiz va ochiqligingizni chuqur qadrlaymiz! Birgalikda biz mustahkam kelajak quramiz!», deyiladi elchixona xabarida.

Mavzuga oid