Jamiyat | 20:22 / 18.06.2025
2993
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi

Qonunbuzarlar jarimaga tortildi, ilonlar hayvonot bog‘iga topshirildi.

Foto: Videodan kadr

Toshkentdagi Qo‘yliq bozori hududida 5 ta sharq bo‘g‘ma iloni noqonuniy sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ilonlar musodara qilingan va Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan. Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 million 750 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasi, Yashnobod tuman bo‘limi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida noqonuniy sotilayotgan boshqa hayvon va qushlar ham aniqlanib, tabiatga qo‘yib yuborilgan. Huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilgan.

Mavzuga oid