Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi Timur Rustamov YTHga uchrab, vafot etdi. Uning boshqaruvidagi Nexia avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
17 iyun kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi Timur Rustamov boshqaruvidagi Nexia-3 tuman IIB binosi oldida (Bog‘ishamol mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-47 avtomobil yo‘lining 61 kilometrida) yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida sud raisi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB hozircha ushbu YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot bermadi.
Timur Rustamovning vafotini Sudyalar oliy kengashi ham Kun.uz’ga tasdiqladi. Kengash marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Timur Rustamov 2022 yil dekabrda besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid

18:12 / 15.06.2025
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida

17:10 / 15.06.2025
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

12:04 / 14.06.2025