Jamiyat | 20:28 / 18.06.2025
1532
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

U avtomobilni boshqarayotgan vaqtda katta tezlikda yo‘ldan chiqib ketgani ta’kidlanmoqda.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida Tico avtomobili ag‘darilib ketishi oqibatida 18 yoshli yigit halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, holat 17 iyun kuni tunda Bog‘ot tumani hududidan o‘tgan ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. 2007 yilda tug‘ilgan yigit haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmay turib, Tico rusumli avtomobilni tezlikni oshirib boshqarayotgan vaqtda yo‘l chetiga chiqib ketib ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida 18 yoshli yigit voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Bog‘ot tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid