Tramp TikTok ilovasining AQShdagi faoliyatini 90 kunga uzaytirdi
Bu muddat davomida Xitoy kompaniyasining ulushi AQSh kompaniyalariga sotilishi kerak.

Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp TikTok ilovasini yopish muddatini 17 sentabrgacha uzaytirish haqidagi qonunni imzoladi.
«Men hozirgina TikTok ilovasini yopish muddatini 90 kunga (2025 yil 17 sentabr) uzaytirish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladim», deb yozdi u Truth ijtimoiy tarmog‘ida.
2024 yil aprel oyida AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden mamlakatda TikTok faoliyatini taqiqlovchi qonun loyihasini imzoladi.
Tramp prezident bo‘lgach, bu qonunni bekor qildi va TikTok ilovasini yopish muddatini ikki marta uzaytirdi. Uning fikricha, AQSh kompaniyaning 50 foiziga egalik qilishi kerak.
AQSh qonunlariga ko‘ra, TikTok o‘zining AQShdagi filialini sotishi va Xitoy ta’siridan chiqarishi kerak. Aks holda mamlakatdagi faoliyatini davom ettira olmaydi.
Mavzuga oid

23:35 / 19.06.2025
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi

22:26 / 19.06.2025
Isroil hujumlari fonida Eron va AQSh muzokaralari o‘tkazildi – OAV

12:23 / 19.06.2025
AQSh razvedkasi Eronning yadro quroli ustida ishlayotganiga oid hech qanday dalil topmadi

12:12 / 19.06.2025