Hisorakda 1,5 mln dollarga kichik GES qurildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv ombori yaqinida barpo etilgan Hisorak kichik gidro elektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Hisorak suv ombori 1987 yilda qurilgan bo‘lib, 2004 yilda kapital rekonstruksiya qilingan. Hududda 2011 yilda ishga tushirilgan quvvati 45 MVt bo‘lgan asosiy Hisorak GES ham mavjud bo‘lib, yiliga 80 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa o‘rtacha hisobda 33 ming xonadonning yillik elektr energiyasi ehtiyojini qoplaydi.
Shahrisabz tumanida energetik quvvati 3,5 MVtga teng, yiliga o‘rtacha 17,5 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Hisorak kichik GES qurilishi to‘liq mahalliylashtirish doirasida amalga oshirildi. Loyihaning qiymati 1,5 million dollarni tashkil etadi. GES faoliyati natijasida yiliga o‘rtacha 5 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Bu yerda ishlab chiqariladigan elektr energiya 7 ming 300 ta xonadonga yetadi.
Davlat rahbariga daryo suvidan energiya olish bo‘yicha kelgusi rejalar haqida axborot berildi.
Eng muhim loyihalardan biri — kelgusi ikki yil ichida umumiy quvvati 12 MVt bo‘lgan 416 ta kinetik turbinali mikro GES qurish rejasidir. Bu mikro GESlar ariq va kanallardagi suv oqimidan samarali energiya ishlab chiqarish imkonini beradi.
Hozirda viloyatda umumiy quvvati 49 MVt bo‘lgan 3 ta GES faoliyat yuritmoqda. Istiqboldagi loyihalar tufayli bu ko‘rsatkich sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Gidroenergetika orqali viloyatda aholi elektr energiyasi iste’molining 15 foizini qoplash maqsad qilingan.
Mamlakatda so‘nggi sakkiz yil ichida elektr energiyasi ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kVt/soatga yetdi. Joriy yilda respublika bo‘ylab umumiy quvvati 24,7 MVt bo‘lgan 5 ta yangi kichik GES foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

11:05
«Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin» - prezident Shahrisabzdagi agroturizm majmuasi haqida

20:25 / 19.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzdagi «Miraki» xalqaro turizm markaziga tashrif buyurdi

18:17 / 19.06.2025
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi

18:10 / 19.06.2025