Jahon | 14:56
1596
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml: Ukraina bilan halok bo‘lganlar va asirlarni almashish bo‘yicha o‘zaro tushunish yo‘q

«Yakuniy tushunish yo‘q, aloqalar o‘rnatilmoqda, raqamlar solishtirilmoqda, ammo yakuniy tushunish bo‘lishi bilanoq, bu almashinuv amalga oshishiga umid qilamiz» - Kreml matbuot kotibi.

Foto: AP

Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar va halok bo‘lgan askarlar almashinuvi bo‘yicha o‘zaro tushunish mavjud emas. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tegishli savolga javob berar ekan aytib o‘tdi.

«Yakuniy tushunish yo‘q, aloqalar o‘rnatilmoqda, raqamlar solishtirilmoqda, ammo yakuniy kelishuv bo‘lishi bilanoq, bu almashinuv amalga oshishiga umid qilamiz», — dedi Peskov.

«Bir haqiqat bor, inkor etib bo‘lmaydigan narsa: biz bir necha kundan beri tayyor edik, Ukraina tomoniga o‘tkazish uchun o‘sha treylerlar bilan chegarada turibmiz. Bu hamma ko‘rib turgan va biladigan haqiqat», — dedi u.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozircha aloqalar o‘rnatilmoqda va boshqa aniq ma’lumotlar yo‘q.

Kreml AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish jarayonidan chiqishi ehtimoli haqidagi xabarlarga ham izoh berdi.

«Vashington bilan, Tramp jamoasi vakillari bilan amaliy aloqalarimiz bor. Kerak bo‘lganda esa prezidentlarning o‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar olib boradi va dolzarb masalalarni muhokama qiladi. Bu hozir doimiy ravishda sodir bo‘layotgan narsa. Bu bir-birimizning pozitsiyamizni tushunishimizni ta’minlashga va oldinga intilishga yordam beradi», — dedi Kreml vakili.

Peskov, shuningdek, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning tegishli bayonotlaridan kelib chiqib, Rossiya va Yevropa o‘rtasida strategik kelishuv tuzish zarurligini ta’kidladi.

Mavzuga oid