Eron oliy rahbari vafot etgan taqdirda uch nafar o‘rinbosari nomini aytdi – OAV
Oliy rahbarni tayinlash uchun mas’ul bo‘lgan Ekspertlar assambleyasiga vorisni tezkor tanlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Foto: Vahid Salemi/AP
Eron oliy rahbari Ali Xominaiy agar AQSh yoki Isroil o‘zini o‘ldirsa, o‘rniga tayinlanadigan uch nafar nomzodni tanladi, deb yozdi The New York Times Erondagi manbasiga tayanib.
Qayd etilishicha, oliy rahbarni tayinlash uchun mas’ul bo‘lgan Ekspertlar assambleyasiga vorisni tezkor tanlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Nashrning yozishicha, Eronda yangi oliy rahbarni tayinlash jarayoni odatda bir necha oy davom etishi mumkin. Ammo hozir mamlakatda urush davom etar ekan, rasmiylarning aytishicha, Xominaiy hokimiyatni tezkor va tartibli topshirilishini ta’minlamoqchi.
Qayd qilinishicha, Xominaiyning o‘g‘li, ulamo va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga yaqin bo‘lgan Mo‘jtaba ro‘yxatda yo‘q, vaholanki aynan uning otasi o‘rniga asosiy da’vogar ekani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Shu bilan birga, Xominaiy harbiy qo‘mondonlar o‘ldirilgan taqdirda ularning o‘rniga bir qancha nomzodlarni tanlagan.
Shu bilan birga, maqolada qayd etilishicha, Eron dastlabki zarbadan keyingi shok holatidan chiqib olgan va Isroilga kundalik qarshi hujumlar uyushtirish uchun safarbarlikni tiklagan.
Islohotchi siyosatchi va Eron sobiq vitse-prezidenti Muhammad Ali Abtahiy so‘zlariga ko‘ra, Isroil Eron jamiyatining urushga munosabatini to‘g‘ri hisoblay olmagan. Odatda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan siyosiy guruhlar oliy rahbar atrofida to‘planib, mamlakatni tashqi tahdidlardan himoya qilishga bel bog‘lagan.
NYT manbalarining aytishicha, Eron rahbariyatini hozir uchta asosiy masala tashvishga solmoqda: Xominaiyga ehtimoliy suiqasd, AQShning urushga qo‘shilishi va muhim infratuzilmaga misli ko‘rilmagan vayronkor hujumlar.
Eronda o‘lim qo‘rquvi shu qadar kuchliki, dedi rasmiylar, razvedka xizmati amaldorlar va harbiy qo‘mondonlarga mobil telefon va boshqa elektron aloqa vositalaridan foydalanishni taqiqlagan. Ularga yer ostida qolish buyurilgan.
Mavzuga oid

02:11
Eron prezidenti mamlakatning yadroviy dasturdan voz kechmasligini aytdi

19:06 / 21.06.2025
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

18:37 / 21.06.2025
Eron Isroilga uchirayotgan raketalar sonini nega kamaytirgani ma’lum bo‘ldi

14:47 / 21.06.2025