Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron mazlum maqomini saqlab qolishga harakat qiladi - Rabbimov
Tehrondagilar javob hujumlarini AQShga emas, Isroilga qaratishi mumkin, bu orqali Amerikadan takroriy hujumlar bo‘lishining oldini olish va Isroilni maksimal jazolashga erishish mumkin, deydi Kamoliddin Rabbimov. Shavkat Ikromovga ko‘ra, katta ehtimol bilan Eron yadro dasturini saqlab qolgan: matbuotdagi ma’lumotlar hamda Eron va Rossiya rahbariyatining bu hujumlarga vazmin munosabati shundan darak beradi.
Eron o‘z yadro dasturiga AQShning hujumidan keyin Amerikaga to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy javobni ko‘rib chiqmoqda. Javob tezkor bo‘lmaganiga qaraganda, uning ortida vazminlik bilan qilinayotgan strategik hisob-kitoblar, Rossiya kabi ittifoqchilarning roli va boshqa omillar yotgan bo‘lishi mumkin.
Bu haqda Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi jonli efirdagi sonida siyosatshunoslar Shavkat Ikromov va Kamoliddin Rabbimov so‘z yuritdi.
Shavkat Ikromov: Nazarimda Eron javob bermadi deyishga hali erta, chunki voqealar soat sayin o‘zgarib boryapti. Qolaversa, AQShning yadro inshootlarga bergan zarbalari qanchalik samarali bo‘lgani ham dargumon. Agar haqiqatan ham Eronda yadroviy dasturlari to‘laligicha yo‘q qilingan bo‘lganda, mazkur holatda Tehronning reaksiyasi boshqacharoq bo‘lgan bo‘lar edi. Ma’lumotlarga qaraganda, Fordo yoki Natanzdagi yadroviy obektlarda mavjud zaxiralar hujumdan oldin olib chiqib ketilgan. Ya’ni sentrifugalar uch kun oldin evakuatsiya qilinib, ularning xavfsizligi ta’minlangan. Shuningdek, Eron o‘zini judayam vazmin tutayotganiga qaraganda, haqiqatan ham Tehron o‘zining yadro dasturini saqlab qola oldi.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Eron uranni boyitishga to‘liq haqli, Rossiya esa bunga har tomonlama yordam bermoqda. Hozir Eronda yadro dasturi bo‘yicha ko‘maklashayotgan 200 dan ortiq rossiyalik vakil bor, tez orada ularning soni 600 dan oshishi kutilyapti. Rossiyaning bu haqdagi bayonoti mavjud voqealar bilan bir vaqtda yangradi.
Rossiya Eronning yaqin ittifoqchisiga aylangan va Moskva bu jarayonlardan jiddiy xavotirga tushmayotgandek ko‘rinmoqda. Shu nuqtayi nazardan qaraganimizda, Eron o‘zining yadro dasturini va boyitilgan uranni o‘zida saqlab qoldi deyishimiz mumkin. AEXA berayotgan dastlabki xulosalar ham buni tasdiqlayapti.
Kamoliddin Rabbimov: Eronning to‘g‘ridan to‘g‘ri Amerika harbiy bazalariga hujum qilish ehtimoli kam. Eron butun o‘chini Isroilga qaratadi va bu orqali Isroilni ko‘proq jazolaydi. Rasmiy Tehron AQShning obektlariga emas, Isroilga hujum qilish orqali, bir vaqtning o‘zida ikkita vazifani bajaradi: Isroilga maksimal jarohat yetkazish va Amerikaning katta urushga kirib kelishiga imkoniyat bermaslik.
Ikkinchidan, Eronning javobi shunday bo‘ladiki, dunyo hamjamiyati ko‘z o‘ngida asosiy agressor davlat sifatida Isroil va Amerika qolaverishi kerak. Buning uchun Eronning javobi proporsional ravishda kuchli bo‘lib ketmasligi kerak. Ya’ni Eron bu yerda zolim emas, mazlumlik maqomini saqlab qolishga harakat qiladi.
Uchinchidan, hozirgi paytda Putinning ham, Netanyahuning ham, Trampning ham tafakkurini modellashtirib bo‘lmaydi. Chunki manipulyatsiya qilish va raqib tarafni maksimal chalg‘itish – asosiy o‘yin qoidasiga aylanib bo‘ldi. Sovuq urush davrida shakllangan tomonlarni xabardor qilish va o‘sha orqali bir-birini tiyib turish o‘yin qoidasi bugun aktual emas. Netanyahu yoki Isroil lobbisining chaqirig‘iga Tramp javob berdi. Ya’ni u haqiqatdan yadro obektini bombardimon qildi. Lekin rostdan ham Eronning yadro salohiyati kun tartibidan olib tashlandimi degan savolga javob yo‘q.
Shuningdek, suhbat davomida Eron–AQSh–Isroil urushidagi so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi. Suhbatni to‘liq shaklda YouTube'da tomosha qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi
Jahon | 08:25
-
BAA O‘zbekiston mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan elektron platformani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 08:24
-
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 07:42
-
Qozog‘iston O‘zbekistonda kasbga o‘qitish innovatsion markazini ochadi
O‘zbekiston | 07:40
Mavzuga oid

19:39 / 25.07.2025
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

07:40 / 25.07.2025
Pistorius AQShdan Patriot'ni almashtirish bo‘yicha majburiyat kutmoqda

07:29 / 25.07.2025