AQSh va Isroilning Eronga zarbalaridan keyin AEXA favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Agentlik rahbari katta eskalatsiya xavfi haqida ogohlantirdi va mojaroga zudlik bilan barham berishga chaqirdi.

Foto: Anadolu Agency
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) boshqaruvchilar kengashi Isroil va AQShning Eron yadroviy maydonlariga qilgan hujumlaridan so‘ng favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda agentlik rahbari Rafael Mariano Grossi diplomatiya yo‘li hali ham ochiq ekani, biroq aksi yuz bersa dunyo tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada halokatga uchrashi xavfi borligini aytdi.
Grossining xabar berishicha, 13 iyun kuni u Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchidan maktub olgan, unda u yadroviy asbob-uskunalar va materiallarni himoya qilish bo‘yicha «maxsus chora-tadbirlar ko‘rilgani» haqida xabar bergan. Bunga javoban AEXA Tehronga yadroviy moddalarning har qanday harakati agentlik bilan kelishuvlar doirasida deklaratsiya qilinishi kerakligini eslatdi.
Grossining so‘zlariga ko‘ra, jangovar harakatlarni to‘xtatish AEXA inspektorlarini yadroviy majmualarga kiritish uchun zarur. Uning ta’kidlashicha, Tehron xalqaro majburiyatlarga rioya qilgan holda har qanday himoya choralarini ko‘rish huquqiga ega.
Fordo inshootining yerosti qismiga zarbalarni izohlar ekan, Grossi agentlik vayronagarchilik ko‘lami haqida to‘liq ma’lumotga ega emasligini ta’kidladi. Biroq, ishlatiladigan portlovchi qurilmalar va sentrifugalarning tebranishlarga sezgirligi hisobga olinsa, jiddiy zarar kutilishi mumkin.
Shu bilan birga, Eron tomoni AEXAga har uchala obektda ham radiatsiya fonining o‘sishi qayd etilmagani haqida ma’lum qildi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa obektlarda hali o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Grossi Eron hukumatiga AEXA inspektorlari xavfsizligini ta’minlash choralari uchun minnatdorchilik bildirib, vaziyat keskinlashgan bir paytda hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
Mavzuga oid

12:11
Germaniya Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujum qilish rejalari haqida bilmagan

11:52
Isroil Eron bilan urushda sulhga erishilganini tasdiqladi

11:44
Eron tashqi ishlar vaziri Isroilga qarshi amaliyotlar yakuniga e’tibor qaratdi

11:41