Jahon | 16:04
3542
1 daqiqa o‘qiladi

Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi

Gumonlanuvchilar o‘g‘irlangan narsalar bilan g‘oyib bo‘lgan. Ular aynan nimani o‘g‘irlagani va ularning qiymati qancha ekani aytilmagan.

Foto: abc7

Los-Anjyeles (AQSh) shahrining Los-Felis hududida aktyor Bred Pittga tegishli bo‘lgan uyni o‘g‘ri urdi, deb xabar berdi BBC.

Los-Anjyeles politsiya departamentining ma’lum qilishicha, 25 iyun kuni kechqurun uyga deraza orqali uch kishi bostirib kirgan. Gumonlanuvchilar o‘g‘irlangan narsalar bilan g‘oyib bo‘lgan. Ular aynan nimani o‘g‘irlagani va ularning qiymati qancha ekani aytilmagan.

Politsiya uy Bred Pittga tegishli ekanini rasman tasdiqlamadi, biroq manzil aktyor 2023 yilda sotib olgan uy manziliga to‘g‘ri kelmoqda.

Pitt o‘g‘irlik paytida uyda bo‘lmagan, chunki u bu hafta Buyuk Britaniyada o‘zining yangi «Formula 1» filmi premyyerasida ishtirok etgan.

Pittning uchta yotoqxonali uyi Griffit parki yaqinida joylashgan, undagi tepalikda mashhur Hollywood yozuvi bor.

Mavzuga oid