Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda onlayn savdo platformasida 3 yoshli bolani kim sotuvga qo‘ygani aniqlandi
Olx'da 3 yoshli bola sotuvga qo‘yilgani tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. Bolalar ombudsmanining aniqlashicha, buni bolaning 13 yoshli akasi qilgan. U “shunchaki bolalarcha o‘ylovsiz tarzda” , ukasini sho‘xligi uchun shu yo‘l bilan ta’zirini berib qo‘ymoqchi bo‘lgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv choralari natijasida onlayn-savdo platformasiga mazkur e’lon qay manzil va qaysi akkauntdan joylashtirilgani aniqlandi.
Toshkent shahar Uchtepa tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi voyaga yetmagan I.A. (2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) kichik yoshli ukasi A.M. (2022 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ni sho‘xligi uchun go‘yoki ta’zirini berish maqsadida onlayn platformaga sotuv haqida (o‘zi ochgan akkauntdan) e’lon joylashtirgan. U sotuv narxini 150 ming so‘m deb ko‘rsatgan.
Bolalar ombudsmani ushbu harakatni “shunchaki bolalarcha o‘ylovsiz tarzda” qilinganini ta’kidladi.
Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan mazkur holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid

18:22 / 15.07.2025
Toshkent shahar hokimligi O‘rikzor bozori yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

18:06 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi

23:38 / 14.07.2025
Toshkent shahri prokurori Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

21:42 / 14.07.2025