KXDR «frilanserlari» Amerika kompaniyalarida millionlab dollar ishlab topdi
Shimoliy Koreya fuqarolari AQSh IT-kompaniyalarida masofadan turib ishlab, maoshlarini Pxenyan nazorat qiladigan hisobraqamlarga o‘tkazib kelgan.

Foto: Getty images
AQSh Adliya vazirligi KXDRni o‘zining qurollanish dasturini Amerika IT-kompaniyalarida masofadan turib ishlayotgan shimoliy koreyaliklar mutaxassislar orqali moliyalashtirayotganlikda aybladi. Ishchilar o‘z maoshlarini Pxenyan tomonidan nazorat qilinadigan hisobraqamlarga o‘tkazgan, deb yozadi The Washington Post.
Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR fuqarolari maoshlaridan tashqari o‘z vataniga AQShning maxfiy harbiy texnologiyalari va ish beruvchilarning yuz minglab dollarlik virtual valutasini ham topshirgan. Murakkab firibgarlik sxemasi KXDRga bir necha million dollarlik daromad keltirgan.
Qayd etilishicha, minglab KXDR fuqarosi soxta yoki o‘g‘irlangan Amerika ID’lari yordamida AQSh ichidagi vositachilardan foydalangan holda mamlakat hududidagi kompyuterlarga masofadan turib kirish imkoniyatini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, ular soxta kompaniyalar ostida moliyaviy hisoblarni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Ushbu chora-tadbirlar amerikalik ish beruvchilarga ularning xodimlari Qo‘shma Shtatlardagi ofislarda ishlayotgandek tasavvur uyg‘otgan.
AQSh Adliya vazirligi bu kabi sxemalardan jabrlangan kompaniyalar nomlarini keltirmagan. Ammo WP’ning yozishicha, ular qatorida Fortuna 500 ro‘yxatiga kiritilgan korporatsiyalar ham bor.
Jinoiy ish doirasida Amerika huquq-tartibot idoralari AQSh fuqarosini hibsga olgan — u KXDR bilan hamkorlik qilganlikda gumonlanyapti. Bundan tashqari, Tayvan va Xitoy hududidagi yana olti nafar fuqaroga ayblovlar e’lon qilingan, sxemada foydalanilgan hisobraqamlar, veb-saytlar va noutbuklarga hibs qo‘yilgan.
Mavzuga oid

16:36 / 01.07.2025
USAID dasturlarini keskin qisqartirish 14 million odamning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin

15:16 / 01.07.2025
Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qiluvchi farmonni imzoladi. Qanday yengilliklar berilmoqda?

10:48 / 01.07.2025
Kim Chen In «aqlga sig‘mas hodisa»ga guvoh bo‘ldi: uning yangi esminetsi suvga tushirish chog‘ida ag‘darilib ketdi

08:37 / 01.07.2025