O‘zbekiston | 18:58 / 01.07.2025
1035
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya deportatsiya markazlarida bo‘lib turgan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash va ishlash ruxsatnomalarini berish taklifi Turkiya rasmiylari tomonidan ma’qullandi.

O‘zbekiston migratsiya agentligi hamda Turkiya Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan fuqarolarni legallashtirish bo‘yida muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash va ishlash ruxsatnomalarini berish (legallashtirish) taklifi Turkiya rasmiylari tomonidan ma’qullandi.

Shuningdek, qariyalar va bolalarni parvarishlash, qishloq xo‘jaligi sohalarida noqonuniy faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklarga huquqiy maqom berishga kelishildi, Turkiya deportatsiya markazlaridagi 50 nafar ayolga vatanga qaytish uchun Migratsiya jamg‘armasi hisobidan aviachiptalar xarid qilindi.

Bundan tashqari, ayollarning 28 nafariga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilib, repatriatsiya jarayoni boshlandi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida «Ijtimoiy himoya to‘g‘risida»gi yangi bitim ishlab chiqishga kelishildi.

«Barcha fuqarolarimizni qonuniy ishlashga chaqiramiz. Bizni kuzatib boring navbatdagi postlarimizda Turkiyada nolegal maqomda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini legallashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtiramiz», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid