Jahon | 07:38 / 02.07.2025
2681
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq turkmanlari mahalliy ma’muriyatda o‘rnini yo‘qotganiga norozilik bildirmoqda

Turkmanlar o‘z yurtlarida o‘zlarini xorijlikdek his qilmoqda - Muhammad Ko‘prulu.

Foto: Anadolu Agency

Iroqning Kirkuk shahri Oltunko‘pru tumanida yashovchi turkmanlar mahalliy hukumatda o‘zlariga joy ajratilmaganidan norozilik bildirmoqda.

Kerkuk viloyat kengashidagi Iroq turkman fronti (ITF) a’zosi Ahmed Remzi Ko‘prulu matbuotga bergan ma’lumotiga ko‘ra, turkmanlar zich yashaydigan barcha hududlarda, ayniqsa Oltunko‘pruda mahalliy hukumatlarda ularga nisbatan adolatsizlik qilinmoqda.

Namoyishni Oltunko‘pru shahidlar yodgorligi oldiga chodir tikishdan boshlaganini aytgan Ko‘prulu, norozilikning hududdagi shahar byurokratiyasi bilan chegaralanmaganini qo‘shimcha qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, norozilik aksiyasi davom etadi. Mahalliy turkmanlar ko‘p yillardan buyon qo‘shma ma’muriyat tashkil etishni talab qilib keladi va endi uni amalga oshirish kerak.

Namoyishning boshqa bir ishtirokchisi Muhammad Ko‘prulu nomi turkcha bo‘lgan Oltunko‘pru kichik tumanida turkmanlar hech qanday ma’muriy yoki byurokratik huquqlarga ega emasligini ta’kidladi.

Uning ta’kidlashicha, turkmanlarga ko‘p yillardan buyon munitsipalitet, tuman boshlig‘i yoki politsiya boshlig‘i lavozimlari berilmagan. Turkmanlar o‘z yurtlarida o‘zlarini begonadek his qila boshladi.

Ko‘prulu turkmanlar yashaydigan Oltunko‘pru tumanida adolatli ma’muriyat tashkil etilishini talab qildi.

Mavzuga oid